Moliyaviy instrumentlar hisobini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish

Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.68372/denswe98

Kalit so‘zlar:

moliyaviy instrumentlar, IAS 32, IFRS 9, IFRS 7, IFRS 13, integratsiyalashgan hisob pasporti, kutilayotgan kredit zararlari, haqiqiy qiymat, valyuta riski, audit dalillari.

Abstrak

Maqolada aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy instrumentlar hisobini xalqaro moliyaviy hisobot standartlari talablari asosida takomillashtirish masalalari o‘rganilgan. IAS 32, IFRS 9, IFRS 7 va IFRS 13 talablarining o‘zaro bog‘liqligi yoritilib, moliyaviy instrumentni identifikatsiya qilish, tasniflash, tan olish, baholash, qadrsizlanishini aniqlash, risklarni monitoring qilish va hisobotda ochib berish bosqichlarini yagona axborot zanjirida birlashtiruvchi “moliyaviy instrumentning integratsiyalashgan hisob pasporti” taklif etilgan. OKMK AJning 2024–2025-yillardagi ochiq moliyaviy natijalari asosida statistik taqqoslash o‘tkazilgan. Valyuta farqidan zarar 5 669,9 mlrd so‘mdan 4 324,2 mlrd so‘mga kamaygani, uning sof tushumga nisbati esa 15,05 foizdan 8,58 foizga tushgani hisoblangan. Ochiq ma’lumotlar instrumentlar kesimidagi ichki hisob xatolarini tasdiqlash uchun yetarli emasligi qayd etilib, taklifning amaliy samaradorligini baholash mezonlari ishlab chiqilgan.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Downloads

Nashr qilingan

2026-10-30

O'xshash maqolalar

1-10 of 370

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.