Mintaqada oziq-ovqat mahsulotlari ta’minot zanjirini optimal tartibga solish metodologiyasini takomillashtirish modellari
Kalit so‘zlar:
optimal tartibga solish, optimallashtirish modellari, qayta ishlash texnologiyasi, iste’molchilar, oziq-ovqat mahsulotlari ta’minot zanjiriAbstrak
Ushbu maqolada mintaqada oziq-ovqat mahsulotlari ta’minot zanjirini optimal tartibga solish metodologiyasini takomillashtirishning optimallashtirish modellari yoritilgan. Tadqiqotda ta’minot zanjirining barcha bosqichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar aniqlanib, ular matematik modellar asosida ifodalangan. Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari, qayta ishlovchilari, sotuvchilari va iste’molchilari o‘rtasidagi ko‘p bosqichli munosabatlarni takomillashtirishga qaratilgan metodologik yondashuvlar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari mintaqaviy oziq-ovqat ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish va logistika jarayonlarini optimallashtirishga xizmat qiladi.