O'zbekistonda fermer xo'jaliklari mahsulotlari hajmini prognozlash: trend modeli yondashuvi

Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.68372/gxztee16

Kalit so‘zlar:

fermer xo'jaliklari, qishloq xo'jaligi mahsulotlari, dehqonchilik, chorvachilik, ekonometrik model, regressiya, trend, prognoz

Abstrak

Maqolada O'zbekistonda fermer xo'jaliklari mahsulotlari hajmining 2010–2024-yillardagi dinamikasi tahlil qilinib, 2025–2029-yillar uchun prognoz ishlab chiqilgan. Tadqiqotning maqsadi fermer xo'jaliklari mahsulotlari hajmiga chorvachilik va dehqonchilik mahsulotlari hajmining ta'sirini baholash hamda kelgusi davr uchun prognoz qiymatlarini aniqlashdan iborat. Milliy statistika qo'mitasi ma'lumotlari asosida natural logarifmlash, ko'p omilli regressiya va chiziqli trend modellari qo'llanilgan. Regressiya tahlili natijalariga ko'ra, dehqonchilik mahsulotlari hajmining ta'siri statistik ahamiyatli (koeffitsiyent 0,726; p = 0,045), chorvachilik mahsulotlari hajmining ta'siri esa statistik ahamiyatsiz (0,238; p = 0,374) ekani aniqlangan. Trend modeli asosidagi prognozga ko'ra, fermer xo'jaliklari mahsulotlari hajmi 2024-yildagi 134,6 trln so'mdan 2029-yilda 345,5 trln so'mga yetishi kutilmoqda. Natijalar agrar ishlab chiqarishni rejalashtirish va resurslarni taqsimlashda foydalanilishi mumkin.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Downloads

Nashr qilingan

2026-10-30

O'xshash maqolalar

1-10 of 249

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.