Xizmat sohasida raqobatbardoshlik nazariyalari evolyutsiyasi va ularning raqamli iqtisodiyotdagi talqini
DOI:
https://doi.org/10.68372/k6hp9j32Kalit so‘zlar:
raqobatbardoshlik, nazariyalar evolyutsiyasi, raqobat ustunligi, dinamik qobiliyatlar, platforma nazariyasi, xizmat sohasi, axborot xizmatlari, tahlil birligiAbstrak
Maqolada raqobatbardoshlik bo'yicha ilmiy qarashlarning evolyutsiyasi tadqiq etilib, ularning axborot xizmatlari sohasiga tatbiq etilish imkoniyatlari baholangan. Nazariyalar rivojlanishi besh bosqichga ajratilgan va har bir bosqich tahlil birligi, ustunlik manbai hamda cheklovi bo'yicha tavsiflangan. Tahlil natijasida tahlil birligining ketma-ket siljish traektoriyasi aniqlangan: mamlakat – tarmoq – korxona – kompetensiya – ekotizim. O'n bitta ta'rif qiyosiy tahlil qilinib, ularning aksariyati moddiy ishlab chiqarishga mo'ljallanganligi va xizmat sohasining uchta xususiyatini – nomoddiylik, ishlab chiqarish va iste'molning bir vaqtdaligi, sifatni oldindan baholashning cheklanganligini – hisobga olmasligi ko'rsatilgan. Shu asosda axborot xizmatlari korxonasining raqobatbardoshligiga muallif ta'rifi taklif etilgan va u uch o'lchovli konstruksiya orqali operatsionallashtirilgan.