Agroturizm qishloq iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish va hududlarning barqaror rivojlanish vositasi sifatida
DOI:
https://doi.org/10.68372/65rzyk74Kalit so‘zlar:
agroturizm, qishloq turizmi, qishloq iqtisodiyoti, diversifikatsiya, agroturistik klaster, qishloq hududlari, turistik infratuzilma, barqaror rivojlanish, mahalliy aholiAbstrak
Mazkur maqolada agroturizmning qishloq hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi o'rni tadqiq etilgan. Agroturizm tushunchasining mazmun-mohiyati, uning qishloq, ekologik va etnomadaniy turizm bilan o'zaro bog'liqligi tahlil qilingan. Agroturizm nafaqat turizm xizmatlarining alohida yo'nalishi, balki qishloq xo'jaligi iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish, qo'shimcha daromad manbalarini shakllantirish, yangi ish o'rinlari yaratish va mahalliy infratuzilmani rivojlantirish vositasi sifatida asoslangan. Shuningdek, qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilari, turistik tashkilotlar, xizmat ko'rsatish subyektlari, hunarmandlar va mahalliy boshqaruv organlari o'rtasidagi hamkorlikni ta'minlovchi agroturistik klasterlarning ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot natijasida hududlarda agroturizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy yo'nalishlari va agroturistik klasterning takomillashtirilgan modeli taklif etilgan.