O'zbekistonning xalqaro soliq tizimiga integratsiyasi: BEPS minimum standartlari va ularning milliy soliq siyosatidagi ahamiyati

Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.68372/q9mz4k56

Kalit so‘zlar:

soliq bazasining yemirilishi va foydaning boshqa yurisdiksiyalarga ko'chirilishi, minimal standartlar, 5-harakat, 6-harakat, 13-harakat

Abstrak

Mazkur maqolada xalqaro soliqqa tortish tizimining transformatsiyasi va O'zbekistonning ushbu jarayonga integratsiyasi BEPS (soliq bazasining yemirilishi va foydaning soliqqa tortishdan bo'yin tovlash maqsadida boshqa yurisdiksiyalarga ko'chirilishi) tashabbusining to'rtta minimal standarti - 5-, 6-, 13- va 14-harakatlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy savoli shundan iborat: nima sababdan BEPS bo'yicha 15 ta harakat ichidan aynan ushbu to'rtta yo'nalish minimal standart maqomiga ega bo'ldi va ularni rivojlanayotgan mamlakatlar, xususan, O'zbekiston sharoitida joriy etish qanday iqtisodiy va institutsional natijalarni ta'minlashi mumkin? Maqolada BEPS muammosi faqat transmilliy korxonalarning agressiv soliq rejalashtirishi bilan cheklanmay, balki davlatlarning soliq tizimlari o'rtasidagi tafovutlar, xalqaro axborot nomutanosibligi va soliq shartnomalaridagi bo'shliqlardan kelib chiqadigan tizimli muammo sifatida ko'rib chiqiladi.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Downloads

Nashr qilingan

2026-10-12

O'xshash maqolalar

1-10 of 362

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.