Tut ipak qurtining biologik va pilla mahsuldorlik ko'rsatkichlariga turli oziqlantirish usullarining ta'siri
DOI:
https://doi.org/10.68372/axzw7e37Kalit so‘zlar:
tut ipak qurti, "Yapon × Xitoy" sanoat duragayi, pilla hosil qilish, patologik holat, serin, vitamin C, hayotchanlik, kasallanish, tut barglari, pilla mahsuldorligi, ipakchanlikAbstrak
Ushbu maqolada tut ipak qurtining o'rash bosqichida kuzatiladigan patologik holatlar hamda turli oziqlantirish usullarining ipak qurtlarining biologik va xo'jalik ko'rsatkichlariga ta'siri o'rganildi. Tadqiqotlar "Yapon × Xitoy" sanoat duragayida Toshkent viloyatining Ohangaron va Piskent tumanlari hamda Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti sharoitlarida olib borildi. Tajribalarda oddiy usulda oziqlantirish nazorat varianti sifatida olinib, serin va vitamin C qo'shilgan tut barglaridan ikki xil konsentratsiyada foydalanildi. Ipak qurtlarining hayotchanligi, kasallanish darajasi, pilla massasi, pilla qobig'i massasi va ipakchanlik darajasi asosiy biologik va xo'jalik ko'rsatkichlari sifatida baholandi. Tadqiqot natijalarida oziqlantirish usuli va parvarishlash sharoitlariga qarab ipak qurtlarining biologik holati hamda pilla mahsuldorligi ko'rsatkichlarida farqlar kuzatildi. Institut sharoitida ipak qurtlarining hayotchanligi yuqoriroq, kasallanish darajasi va pilla mahsuldorligi bilan bog'liq ko'rsatkichlarning yuqoriroq, kasallanish darajasining esa pastroq bo'lishi kuzatildi. Kuzatuvlar davomida pilla o'ramaslik holati qayd etilmadi. Olingan natijalar serin va vitamin C bilan boyitilgan tut barglaridan foydalanish hamda maqbul parvarishlash sharoitlarini ta'minlash ipak qurtlarining biologik holati va pilla mahsuldorligini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatadi.