Ayrim ra'noguldoshlar oilasi vakillarining asalarilar soni ortishiga ta'sir etish ko'rsatkichlari

Mualliflar

  • Jurayev J. M. Toshkent davlat agrar universiteti ##default.groups.name.author##

DOI:

https://doi.org/10.68372/rat7x846

Kalit so‘zlar:

asalarichilik, asalari oilasi, Rosaceae, asalshirali o'simliklar, nektar, gulchang, ona ari, yosh asalarilar, nektar-gulchang konveyeri

Abstrak

Maqolada ra'noguldoshlar (Rosaceae) oilasiga mansub bahorgi asalshirali o'simliklarning asalari oilalari rivojlanishiga ta'siri qiyosiy baholangan. Tadqiqotlar 2020-2024-yillarda Burchmulla davlat o'rmon xo'jaligining Sijjak bo'limida o'rik (Prunus armeniaca L.), olma (Malus domestica Borkh.), do'lana (Crataegus spp.) va irg'ay (Cotoneaster spp.) gullash davrida o'tkazilgan. Asalari oilalarining rivojlanishi ona arining sutkalik tuxum qo'yish intensivligi, lichinkalar saqlanishi va yosh asalarilar chiqishi bo'yicha baholangan. Eng yuqori natijalar olma variantida kuzatilib, tegishlicha 1650 dona/sutka, 95,8 % va 24,3 ming donani tashkil etgan. O'rik variantida ushbu ko'rsatkichlar 1450 dona/sutka, 93,5 % va 20,1 ming dona bo'lgan. Do'lana va irg'ay variantlarida nisbatan past natijalar qayd etilgan. Olma va o'rik daraxtlarining bahorgi nektar-gulchang konveyerini shakllantirishda istiqbolli oziqa manbalari sifatida foydalanish tavsiya etilgan.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Downloads

Nashr qilingan

2026-10-30

O'xshash maqolalar

1-10 of 15

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.