Farg'ona vodiysidagi kichik biznes subyektlari faoliyati samaradorligini baholash
DOI:
https://doi.org/10.68372/e1p85a31Kalit so‘zlar:
moliyaviy barqarorlik, innovatsion va raqamli salohiyat, inson kapitali, korxona samaradorligi, integral baholashAbstrak
Farg'ona vodiysidagi kichik biznes subyektlari faoliyati samaradorligi ko'p omilli iqtisodiy kategoriya bo'lib, uni faqat ishlab chiqarish hajmi, rentabellik yoki eksport natijasi bilan baholash yetarli emas. Korxonaning mavjud resurslardan foydalanish darajasi, moliyaviy barqarorligi, mahsulotni bozorda realizatsiya qilish imkoniyati, innovatsion va raqamli salohiyati, inson kapitali hamda institutsional boshqaruv sifati yakuniy natijaga o'zaro bog'liq holda ta'sir qiladi. Shu nuqtayi nazardan, mazkur tadqiqotda korxona samaradorligini ko'p mezonli integral baholash tamoyili asos qilib olindi.
Yuklashlar
Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.
Downloads
Nashr qilingan
2026-10-30
Nashr
Bo'lim
Articles