Sun'iy intellekt ta'sirida mehnat bozori: texnologik ishsizlik, kasblar qayta taqsimlanishi va inson kapitaliga yangi talablar
Kalit so‘zlar:
sun'iy intellekt, mehnat bozori, texnologik ishsizlik, avtomatlashtirish, inson kapitali, kasblar transformatsiyasi, raqamli iqtisodiyot, O'zbekistonAbstrak
Ushbu maqolada sun'iy intellekt texnologiyalarining global va milliy mehnat bozoriga ta'siri makroiqtisodiy nuqtai nazardan tadqiq etilgan. Tadqiqotda avtomatlashtirishning vazifalarga asoslangan nazariy yondashuvi asosida sun'iy intellektning mehnat jarayonlariga ta'siri, xususan, ayrim vazifalarning inson mehnatidan siqib chiqarilishi hamda yangi faoliyat yo'nalishlarining shakllanishiga olib keluvchi qayta tiklash effektlari tahlil qilingan. Jahon Iqtisodiy Forumi, Xalqaro Valyuta Fondi va Xalqaro Mehnat Tashkilotining zamonaviy statistik ma'lumotlari asosida ish o'rinlarining qisqarishi va yangi ish o'rinlarining yaratilishi jarayonlari, kasblar tarkibidagi o'zgarishlar hamda inson kapitaliga bo'lgan talabning yangilanishi baholangan. O'zbekiston misolida rivojlanayotgan iqtisodiyotlar sharoitida sun'iy intellektdan samarali foydalanish va mehnat bozoridagi o'zgarishlarga moslashish bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari sun'iy intellektning mehnat bozoriga ta'siri mamlakatlar, iqtisodiyot tarmoqlari va turli ijtimoiy guruhlar kesimida bir xil namoyon bo'lmasligini ko'rsatadi. Mazkur jarayonlarni samarali boshqarishda ta'lim tizimini rivojlantirish, inson kapitali sifatini oshirish va davlat siyosatini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.