Turli hududlarda ipak qurti zot va duragaylarining pilla mahsuldorligiga ekologik omillar ta'siri

Mualliflar

  • Raxmonov A. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali ##default.groups.name.author##

DOI:

https://doi.org/10.68372/45k0fz10

Kalit so‘zlar:

tut ipak qurti, pilla vazni, ipakchanlik, duragay, hosildorlik, iqlim sharoiti, mahalliy zot, xorij duragayi

Abstrak

Mazkur tadqiqotda Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida parvarishlangan tut ipak qurti zot va duragaylarining pilla mahsuldorligi, pilla qobig'i vazni hamda ipakchanlik ko'rsatkichlari o'rganildi. Tadqiqotlar natijasida mahalliy zot va duragaylar xorijiy ("Yapon × Xitoy") duragayiga nisbatan yuqori pilla vazni, og'irroq qobiq va yuqori ipakchanlik darajasiga ega ekanligi aniqlandi. Xorij duragaylarida esa mahalliy iqlim sharoitiga moslashmaslik sababli pilla o'ramaslik holatlari ko'proq kuzatildi. O'tkazilgan tajribalar natijalari ipakchilikda mahalliy zot va duragaylardan foydalanish, ularni ekologik hamda agrotexnik talablarga muvofiq parvarishlash pilla hosildorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ko'rsatdi.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Downloads

Nashr qilingan

2025-10-30

O'xshash maqolalar

1-10 of 239

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.