Professional turizm gidlarining ekoturizm xizmatlari sifatini oshirishdagi iqtisodiy roli
Kalit so‘zlar:
professional gid, ekoturizm, xizmat sifati, turistlar qoniqishi, interpretatsiya, turizm iqtisodiyoti, mahalliy daromad, barqaror turizm, O'zbekistonAbstrak
Maqolada professional gidlarning ekoturizm xizmatlari sifati, barqarorligi va bozor qiymatini oshirishdagi iqtisodiy roli tahlil qilingan. Tadqiqotda 2022-2025-yillarda O'zbekistonning turizm xizmatlari eksportiga oid rasmiy statistika, normativ-huquqiy hujjatlar hamda gid faoliyati, interpretatsiya sifati, turistlar qoniqishi va ekologik xulq-atvor bo'yicha xalqaro empirik tadqiqotlar tizimli ravishda umumlashtirildi. Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, O'zbekistonda sayohat (turizm) xizmatlari eksporti 2022-yildagi 1,61 mlrd AQSh dollaridan 2025-yilda 4,88 mlrd AQSh dollarigacha oshgan, turizmning jami xizmatlar eksportidagi ulushi esa 36,1 foizdan 47,9 foizga yetgan. Ilmiy manbalar professional gid faoliyati turistlar qoniqishi, qayta tashrif niyati, mazmunli interpretatsiya, xavfsizlik va ekologik mas'uliyatli xulq-atvor bilan ijobiy bog'liqligini ko'rsatadi. Shu sababli gidlarni sertifikatlash, ekologik interpretatsiya, mahalliy biznes bilan ishlash, xavfsizlik va uzluksiz malaka oshirish tizimi ekoturizmning iqtisodiy infratuzilmasi sifatida ko'rilishi lozim.