Sanoat tarmoqlariga investitsiyalarni jalb etish holati va rivojlanish tendensiyalari
Kalit so‘zlar:
sanoat, investitsiya, xorijiy investitsiyalar, investitsiya muhiti, sanoat tarmoqlari, modernizatsiya, innovatsiya, investitsiya infratuzilmasi, raqobatbardoshlik, iqtisodiy rivojlanishAbstrak
Mazkur maqolada sanoat tarmoqlariga investitsiyalarni jalb etishning hozirgi holati va rivojlanish tendensiyalari tahlil qilingan. Sanoat ishlab chiqarishining barqaror rivojlanishini ta'minlashda investitsiyalarning o'rni, investitsiya manbalari, xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlari hamda investitsion faollikka ta'sir etuvchi omillar yoritilgan. Shuningdek, sanoatni modernizatsiya qilish, innovatsion va yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni rivojlantirish, investitsiya infratuzilmasini takomillashtirish hamda hududlarning investitsiyaviy salohiyatidan samarali foydalanish masalalari ko'rib chiqilgan. Tadqiqot yakunida sanoat tarmoqlariga investitsiyalarni jalb etish samaradorligini oshirish bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.