Temir yo'l transporti korxonalarida ekologik-iqtisodiy samaradorlikni oshirishning ilg'or mexanizmlari
Kalit so‘zlar:
temir yo'l transporti, ekologik-iqtisodiy samaradorlik, innovatsion mexanizmlar, barqaror transport tizimi, yashil transformatsiya, ESG tamoyillari, energiya samaradorligi, raqamli transformatsiyaAbstrak
Ushbu maqolada ekologik va iqtisodiy ko'rsatkichlarni o'zaro uyg'unlashtirish, resurs va energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish, innovatsion yechimlardan foydalanish hamda ekologik boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish yo'nalishlari asoslangan. Shuningdek, temir yo'l transporti korxonalarining ekologik-iqtisodiy samaradorligini baholash va oshirishda raqamli texnologiyalar, zamonaviy boshqaruv usullari va ekologik innovatsiyalarning ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot natijalari temir yo'l transporti korxonalarining barqaror rivojlanishini ta'minlash, ishlab chiqarish xarajatlarini optimallashtirish va ekologik yuklamani kamaytirishga xizmat qiluvchi amaliy mexanizmlarni shakllantirish imkonini beradi.