Iqlim o'zgarishining paxta va bug'doy hosildorligiga ta'siri: O'zbekiston tumanlari bo'yicha panel ma'lumotlar tahlili (2015-2024)
Kalit so‘zlar:
iqlim o'zgarishi, hosildorlik, bug'doy, paxta, panel ma'lumotlar, qat'iy effektlar, O'zbekistonAbstrak
Maqolada 2015-2024-yillar uchun O'zbekistonning 194 ta tumani bo'yicha shakllantirilgan panel ma'lumotlar asosida iqlim omillarining bug'doy va paxta xom ashyosi hosildorligiga ta'siri baholanadi. Tuman qat'iy effektlari va viloyat trendlarini o'z ichiga olgan model qo'llanilgan; spetsifikatsiya tanlovi F-test, Broysh-Pagan LM, Mundlak, Pesaran CD va Vuldrij testlari bilan asoslangan. Bug'doyda harorat va hosildorlik o'rtasidagi bog'liqlik chiziqli emas, optimum 28,1°C ni tashkil etadi; paxtada iyul-avgust haroratining 1°C ga oshishi hosildorlikni 5,4% ga kamaytiradi. Vegetatsiya davridagi ortiqcha yog'in va kuchli shamol hosildorlikni pasaytiradi, sug'orish suvi mavjudligi esa oshiradi.