Raqamli iqtisodiyot sharoitida kichik biznes subyektlarining raqobatbardoshligi va moliyaviy barqarorligini ta'minlashning aholi bandligiga ta'siri
Kalit so‘zlar:
raqamli iqtisodiyot, kichik biznes, moliyaviy barqarorlik, bandlik, xususiy tadbirkorlik, sun'iy intellekt, elektron tijorat, innovatsiyalarAbstrak
Raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi kichik biznes subyektlari faoliyatiga yangi imkoniyatlar bilan bir qatorda yangi talablarni ham qo'ymoqda. Elektron tijorat, sun'iy intellekt, raqamli marketing va elektron to'lov tizimlaridan samarali foydalanish korxonalarning raqobatbardoshligi va moliyaviy barqarorligini oshirishda muhim omilga aylanmoqda. Mazkur tadqiqotda kichik biznes subyektlarini moliyalashtirishning an'anaviy va zamonaviy shakllari, bank kreditlari, mikromoliyalashtirish, raqamli kreditlash, shuningdek, elektron to'lov tizimlarining rivojlanish tendensiyalari tahlil qilinadi. Shu bilan birga kichik biznesning moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish orqali aholi daromadlarini oshirish mexanizmlari yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, raqamli moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish, kredit olish jarayonini soddalashtirish, tadbirkorlik faoliyati uchun maqbul moliyalashtirish manbalarini oshirish aholi turmush farovonligini yuksaltirishning muhim omillari sifatida asoslangan.