Korxonada ichki nazorat va audit tizimini takomillashtirish yo'nalishlari
Kalit so‘zlar:
ichki nazorat, ichki audit, audit, audit riski, nazorat muhiti, risklarni boshqarish, nazorat amallari, monitoring, auditorlik dalillari, moliyaviy hisobot, ichki audit xizmatiAbstrak
Mazkur maqolada korxonada ichki nazorat va audit tizimining mazmuni, vazifalari, tarkibiy qismlari hamda ularning korxona faoliyati samaradorligiga ta'siri tadqiq etilgan. Ichki nazorat tizimi korxona resurslarini saqlash, xo'jalik operatsiyalarining qonuniyligi va maqsadga muvofiqligini ta'minlash, moliyaviy hisobotning ishonchliligini oshirish hamda xatolarni o'z vaqtida aniqlashning muhim vositasi sifatida yoritilgan. Ichki auditning nazorat tizimini baholash, risklarni aniqlash, kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqishdagi o'rni ham tahlil qilingan. Tadqiqot davomida nazorat muhiti, risklarni baholash, nazorat amallari, axborot almashinuvi va monitoring yo'nalishlari tizimlashtirildi. Shuningdek, ichki nazoratdagi asosiy muammolar, ularning auditga ta'siri va takomillashtirish choralari jadvallar asosida tahlil qilindi. Natijada korxonada ichki nazorat va auditni integratsiyalash, riskka yo'naltirilgan yondashuvni kuchaytirish, hujjatlashtirish va monitoringni takomillashtirish bo'yicha amaliy takliflar ishlab chiqildi.