Orol dengizi mintaqasida qashshoqlikni kamaytirish: ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik va institutsional yondashuvlarning ko'p o'lchovli tahlili

Mualliflar

  • Avezov B. K. Urganch davlat universiteti ##default.groups.name.author##

Kalit so‘zlar:

Orol dengizi mintaqasi, qashshoqlik, MPI, NEET, ekologik inqiroz, barqaror rivojlanish, Qoraqalpog'iston, Xorazm, inson kapitali, institutsional islohotlar

Abstrak

Maqolada Orol dengizi mintaqasida- Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida- qashshoqlikni kamaytirishga qaratilgan davlat siyosati hamda ekologik va institutsional islohotlarning samaradorligi ko'p o'lchovli yondashuv asosida baholanadi. Tadqiqotda uy xo'jaligi byudjeti so'rovnomasi (HBS), Alkire–Foster metodikasiga asoslangan ko'p o'lchovli qashshoqlik indeksi (MPI), Xalqaro mehnat tashkiloti standartlari va NEET ko'rsatkichi qo'llanildi, shuningdek, Prezidentning PF-143-son Farmoni va «Qashshoqlikdan farovonlikka» dasturi tahlil etildi. Ma'lumotlar manbai sifatida Statistika agentligi (SIAT), BMTTD, Jahon banki va Islom taraqqiyot banki hisobotlaridan foydalanildi. Tahlil natijalariga ko'ra, 2021-2024 yillarda pul qashshoqligi Qoraqalpog'istonda 20,8 foizdan 10,8 foizga, Xorazmda 19,9 foizdan 11,9 foizga kamaydi. Shu bilan birga, mamlakat bo'ylab qariyb 4,2 million kishi ko'p o'lchovli qashshoqlik holatida qolmoqda. Olingan natijalar mintaqada ekologik islohotlarni, inson kapitalini rivojlantirish va institutsional islohotlarni o'zaro uyg'un tarzda amalga oshirish zaruriyatini ko'rsatadi.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Downloads

Nashr qilingan

2026-07-30

O'xshash maqolalar

1-10 of 84

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.