Jurnal haqida

O‘zbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-oktabrdagi “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6097-sonli Farmoni hamda Hukumat qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, agrobiznesni rivojlantirish, yosh olimlar, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, talabalar tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini keng ommaga yetkazish maqsadida “Agrobiznes, fan va texnologiyalar” ilmiy-amaliy elektron jurnali tashkil etilgan. Jurnal Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 2023-yil 23-mayda 083688-sonli guvohnoma olingan.

“Agrobiznes, fan va texnologiyalar” ilmiy-amaliy elektron jurnali OAK (Oliy attestatsiya komissiyasi)  Rayosatining 30.11.2024-yildagi №364/5-sonli qarori bilan 08.00.00-Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha, 08.05.2025-yildagi №370/5-sonli qarori bilan 06.00.00-Qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha “Dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan milliy ilmiy nashrlar ro‘yxati”ga kiritilgan.