Demografik jarayonlarni statistik tadqiq qilish yo‘nalishlari va ko‘rsatkichlari
DOI:
https://doi.org/10.68372/x13xpp39Kalit so‘zlar:
demografiya, demografik jarayonlar, aholi soni, aholining joylashuvi, jins-yosh tarkibi, tug‘ilish, o‘lim, tabiiy o‘sish, migratsiya, demografik yuklama, mintaqaviy stat.Abstrak
Maqolada demografik jarayonlarni mintaqaviy darajada statistik tadqiq etishning nazariy va uslubiy yo‘nalishlari ko‘rib chiqiladi. Aholi soni va joylashuvi, uning shahar va qishloq hududlari bo‘yicha taqsimlanishi, shuningdek, jins-yosh va ijtimoiy-demografik tarkibi ko‘rsatkichlarining ahamiyati ochib beriladi. Mutlaq va nisbiy statistik ko‘rsatkichlardan foydalanish, aholining tabiiy harakati, migratsiya jarayonlari hamda demografik yuklamani tahlil qilishga alohida e’tibor qaratiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida demografik vaziyatni baholash va ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruv qarorlarini qabul qilishda mintaqaviy statistik manbalarning ahamiyati asoslab beriladi.