Inqiroz sharoitida liderlikning qiyosiy tahlili va yosh liderlarning rivojlanishdagi roli

Mualliflar

  • Mustafoqulova Z. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti ##default.groups.name.author##

DOI:

https://doi.org/10.68372/km80jz15

Kalit so‘zlar:

liderlik, inqiroz, liderlik uslublari, inqirozni boshqarish, Amazon, Enron, yosh liderlar, innovatsiyalar, barqaror rivojlanish

Abstrak

Mazkur maqolada tashkiliy va iqtisodiy inqirozlar sharoitida liderlikning o'rni hamda zamonaviy rivojlanishda yosh liderlarning ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi turli liderlik uslublarining xususiyatlarini taqqoslash va noaniqlik sharoitida muhim bo'lgan boshqaruv kompetensiyalarini aniqlashdan iborat. Amaliy misol sifatida Amazon va Enron kompaniyalari faoliyati ko'rib chiqiladi. Ushbu kompaniyalar tajribasi strategik uzoq muddatli yondashuv, moslashuvchanlik, tashkiliy madaniyat, shaffoflik va boshqaruvning axloqiy jihatlarini taqqoslash imkonini beradi. Tadqiqotning metodologik asosini keyslarni qiyosiy tahlil qilish hamda ochiq korporativ va ilmiy manbalarni o'rganish tashkil etadi. Shuningdek, innovatsion, moslashuvchan va ijtimoiy mas'uliyatli boshqaruv yondashuvlarini shakllantirishda yosh liderlarning roli yoritiladi. Tadqiqot natijalari barqaror rivojlanish uchun moslashuvchanlik, strategik fikrlash, axloqiy mas'uliyat va o'zgarishlarni boshqarish qobiliyatining muhimligini ko'rsatadi.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Downloads

Nashr qilingan

2026-10-30

O'xshash maqolalar

21-30 of 313

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.