Qishloq xo'jaligi yerlarining toifasini o'zgartirish jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish
DOI:
https://doi.org/10.68372/4ks7tj65Kalit so‘zlar:
yer resurslari, yer fondi toifasi, raqamlashtirish, «Agroportal» axborot tizimi, yer tuzish, geoaxborot tizimi, elektron hujjat aylanmasi, yer resurslarini boshqarishAbstrak
Maqolada qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan hamda o'rmon fondi yerlarining yer fondi toifasini o'zgartirish jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirishning ilmiy-uslubiy jihatlari tadqiq etilgan. Tadqiqot doirasida «Agroportal» axborot tizimi orqali yer uchastkalariga oid ma'lumotlarini shakllantirish, asoslovchi hujjatlarni elektron tarzda taqdim etish, arizalarni vakolatli tashkilotlarga yo'naltirish, yer tuzish loyiha hujjatlarini tayyorlash hamda manfaatdor tashkilotlar bilan elektron kelishish jarayonlari tahlil qilingan. Shuningdek, yer fondi toifasini o'zgartirish bilan bog'liq ma'lumot va hujjatlar almashinuvini yagona raqamli muhitda tashkil etish imkoniyatlari baholangan. Tadqiqot natijasida geoaxborot ma'lumotlari o'zaro integratsiyalash, ma'lumotlarni takroriy kiritish holatlarini qisqartirish, jarayon bosqichlarini avtomatlashtirish va ularning bajarilish holatini raqamli monitoring qilishga qaratilgan ilmiy-uslubiy takliflar ishlab chiqilgan.